2021-yil 5-aprelda Gjhel davlat universitetida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.V.Putin tomonidan e'lon qilingan fan va texnologiya yiliga bag'ishlangan fan haftaligi boshlandi.

  Fan haftaligini universiteti rektori vazifasini bajaruvchi pedagogika fanlari doktori D.S.Somov ochib berdi.

  Bundan tashqari Skandinaviya akademik mobillik instituti rektori, professor Elina Vanxemping (Finlyandiya), Loyola universiteti professori, nanotexnologiya sohasida falsafa doktori Polina Pine (AQSh) va Belarus davlat madaniyat va san'at universiteti jamoasi ishtirokchilarini tabrikladi.

  Fan haftaligi 5 apreldan 9 aprelgacha davom etdi. Dasturda universitetning ta'lim va ilmiy faoliyatining asosiy yo'nalishlariga bag'ishlangan ilmiy seminarlar: dekorativ-amaliy san'at, dizayn, xalq badiiy madaniyati, iqtisodiyot, davlat va shahar boshqaruvi, tilshunoslik, pedagogika, psixologiya, jismoniy tarbiya kabi yo’nalishlarda texnologiyalarni rivojlantirish bilan bog'liq dolzarb muammolarga bag'ishlangan ilmiy semenar o’tkazildi.

  Samarqand davlat universiteti san'atshunoslik fakulteti „Muhandislik grafikasi“ kafedrasi professor-o'qituvchilari uchta yo'nalish bo'yicha ilmiy seminarlarda ishtirok etdilar. Jumladan:

  6.04.2021 yil t.f.n. dotsent, S.X.Zaxidov "Zamonaviy ta'limning pedagogik va psixologik muammolari" mavzusidagi seminarda ma'ruza qildi.

  7.04.2021 yil, kafedra mudiri, dotsent N. J. Mullajonova "Amaliy san'atda an'ana va innovatsiyalar" mavzusida ma'ruza qildi.

  8.04.2021 yil, kafedra katta o'qituvchisi J. Yu. Raxmatov "Tasviriy san'at va xalq badiiy madaniyatining dolzarb muammolari" mavzusida ma'ruza qildi.

  Seminarda xalq hunarmandchiligi va ta'lim an'analarini rivojlantirishga ko'maklashish bilan bog'liq qo'shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko'rib chiqildi. Muhandislik grafikasi kafedrasi mudiri dotsent N. J. Mullajonovaga universitet talabalari uchun ma'ruza, amaliy mashg'ulotlar, shuningdek, mahorat darslari o'tkazish taklif etildi. Bu taklif zarur tajriba va mahorat olishda muhim bosqich hisoblanadi.