2021 yil 15-16 aprel kunlari Samarqand davlat universitetiga Qozog’istonning Y.A. Buketov nomidagi Karaganda universitet rektori yuridik fanlari doktori, professor Dulatbekov Nurlan Orinbasarovich tashrif buyurdi. Samarqand davlat universiteti Xalqaro hamkorlik ishlari buyicha prorektori M.G.Nasirov va Huquqshunoslik fakulteti dekani R.Mirzaevlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

  Prof. N.O.Dulatbekov Y.A. Buketov nomidagi Karaganda universitet tarixi, ta’lim berish jarayoni va hozirda fan sohalarida erishilgan natijalar tug’risida tuxtalib o’tdi. Bundan tashqari, tabiiy, ijtimoiy fanlardan tashqari huquqshunoslik yo’nalishi sohasida Qozog’iston universitetlari va xorijiy davlat oliy ta’lim muassassalari bilan hamkorlik asosida yuqori rejaga erishganligi haqida gapirib o’tdi.

  Prorektor M.Nasirov hozirgi paytda Samarqand davlat universitetining ta’lim sohasida erishilgan yutuqlari bo’yicha to’xtalib ijtimoiy, gumanitar va tabiiy sohalarda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashga katta e’tibor qaratilganligi, xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti tashkil etilib professor-o’qituvchi va talabalar almashinuvi yaxshi yo’lga quyilganligi haqida batafsil ma’lumot berdi. Bulardan tashqari, xorijiy hamkolar bilan ta’limning turli sohalarida talabalarga onlayn tarzda darslarda ma’ruzalar olib borish uchun fanlar boblari, professor-o'qituvchilar jalb etilganligi haqida gapirib o’tdi.

  Ushbu universitet bilan kelgusi o’quv yildan boshlab huquqshunoslik yo’nalishi bo’yicha hamkorlik aloqalarni amalga oshirish to’g’risida, jumladan tomonlar or’tasida fakultet professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvi yo’lga qo’yish, ikkala universitetda yozgi maktab tashkil etish va malakali mutaxassislar ishtirogini ta’minlash haqida takliflar batafsil o’rganildi. Ikkala tomon o’rtasida kelishuv shartnomasini imzolash uchun taqdim etildi.