SamDU kimyo fakulteti Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi professori, Hindistonning Jodpur texnologiya instituti professori doktor Maxesh Kumar Xalqaro ta’limlar fakulteti 206-guruh talabalariga “Noorganik nanomateriallar” fanidan dars boshladi. Ushbu dars Zoom plaformasi orqali amalga oshirilmoqda hamda yuqori saviyada o’tilmoqda. Birinchi dars davomida talabalardan tashqari kimyo fakulteti dekani dosent Musulmonov N.H., kafedra dosenti Tashpulatov X.Sh. ham qatnashishdi. Dars haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari o’tishi mo’ljallangan.