“Ekologiya va birinchi tibbiy yordamning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya

2021-yilning 21-22-may kunlari Samarqand davlat universitetida Surgut davlat pedagogika universiteti va Qrim injener pedagogika universiteti bilan hamkorlikda “Ekologiya va birinchi tibbiy yordamning dolzarb muammolari” mavzusida onlayn ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiya ishida Surgut davlat universitetidan tibbiyot fanlari doktori, dotsent O.Malkov, Surgut davlat universiteti dekani A.Fursov, V.Negovskiy nomidagi umumiy reanimatologiya ilmiy tekshirish instituti direktor o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori, Yevropa reanimatologlar ilmiy komiteti a’zosi A.Kuzovlev, Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi professori E.Qobilov va boshqalar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Ilmiy-amaliy konferensiyada tibbiy bilim asoslari, inson salomatligi va unga ekologik muhitning ta’siri, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish masalalari olimlar va mutaxassislar tomonidan muhokama qilindi.

Ilmiy-amaliy konferensiya kelgusida Ekologiya va birinchi tibbiy yordamning dolzarb muammolari bo‘yicha hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, soha bo‘yicha magistr mutaxassislarini tayyorlash, hamkorlikda darsliklar, monografiyalar va ilmiy maqolalar nashr etishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

