Taniqli olim, tarix fanlari doktori, professor Nona Avanesova tavalludining 80-yilligi va 50-yillik ilmiy-pedagogik faoliyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur xalqaro anjumanda juda ko‘plab olimlar ishtirok etdi. Moskva davlat universiteti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitet va boshqa ko‘plab xorijiy oliy ta’lim muassasalari shular jumlasidandir.

Nona Armaisovnaning ko‘p yillik mehnat faoliyati, xotiralari, amalga oshirgan ilmiy izlanishlarining naqadar muhimligi alohida ta’kidlandi.

  Ma’lumot uchun, Nona Armaisovna paleometall davri Yevrosiyo dasht qabilalari moddiy madaniyatini o‘rganish bo‘yicha jahonda tan olingan olim. U O‘zbekiston, Rossiya Federasiyasi, Qozog‘iston va Tojikistonda tashkil etilgan xalqaro arxeologik ekspedisiyalar ishtirokchisi. Paleometall davri qabilalarning madaniyati, tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan 5 monografiya, 1 darslik, 150 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.

Shavkat Akramov olgan suratlar