Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti magistrantlari dissertatsiya himoyasi bo‘lib, o‘tdi...
Filologiya fakultetida 6 mutaxassislik bo‘yicha 40 nafar magistrant dissertatsiya himoya qildi.
- Oliy ta’limda bakalavr bosqichi ma’lum bir kasbga yo‘naltirsa, magistratura ilmga ixtisoslashtiradi, - deydi filologiya fakulteti magistranti Gulmira Eshquvvatova. – Men o‘rgangan mavzu eng yaxshi tadqiqot, deb topilgani ham bejiz emas. “O‘zbek tilida Internet matnlarining lingvomadaniy tahlili” mavzudagi dissertatsiyamning maqsadi o‘zbek tilida internet matnining uslubi, og‘zaki nutqning shakllanishida omil bo‘lgan virtual kommunikasiya jarayonini kompleks tadqiq etishda til birliklarining qo‘llanishi, funksional ma’nolari, uslubiy, lingvomadaniy imkoniyatlaridagi o‘ziga xosliklarni tahlil qilish, belgilashdan iborat. Ilmiy rahbarim filologiya fanlari doktori Dilbar O‘rinboyevaga minnatdorlik bildiraman. Kelgusida ushbu yo‘nalishdagi ishlarimni davom ettirmoqchiman.

  Ma’lumot uchun, Gulmira Eshquvvatova O‘zbek tilida Internet matnlarining lingvomadaniy tahlil qilish dasturini yaratib, Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan maxsus guvohnomani qo‘lga kiritgan.


Behruz SHAMSIDDINOV,
SamDU Axborot xizmati xodimi.
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.