Bugun 20-mart kuni Samarqandda qanday ob-havo kutilmoqda?

Samarqand viloyatida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 daraja iliq, kunduzi 17-19 daraja issiq boʻladi.
Viloyatimizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir kuchli boʻladi. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.