Prezident va davlat stipendiantlari, o‘nlab maqolalar mualliflari, Xalqaro IELTS hamda Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi sertifikati sohiblari, Osiyo chempionlari bor.

Samarqand davlat univeresitetida 47 mutaxassislik bo‘yicha 368 magistrant dissertatsiya himoya qildi. Magistrantlar orasida 4 nafar afg‘onistonlik talaba bo‘lib, ilmiy ishlarining mohiyati o‘zbek tilining Afg‘onistonda saqlab qolinishi va yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. Magistrantlar safida nomdor stipendiantlar, Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi sertifakitini olgan dasturchilar, Jahon, Osiyo chempionlari bor.

Raqamli texnologiyalar fakulteti magistranti Aziz Samadov iqtisodiy dolzarb masaladagi dissertatsiyalardan biri “Neft qazish jarayonida qoldiq neftni samarali qazib olish uchun polimer ta’sir etish” mavzusida ilmiy ishni himoya qildi.

Aziz Samadov Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyasi, Prezident stipendiyasi sovrindori, “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni sohibi, Samarqand viloyati hokimi stipendiyasi sohibi.

  Filologiya fakulteti magistranti Farangiz Qurbonova “Lingvomadaniy interfensiya va uni bartaraf etish yo‘llari (Samarqand shahri aholisi nutqi misolida)” mazusida mobil ilova yaratganligi uchun Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi sertifikatini oldi. Dessertatsiyaning maqsadi lingvistik interferensiya va uning turlari hamda bartaraf etishning yo‘llarini ishlab chiqish. Samarqand shahri o‘zbek-tojik, tojik-o‘zbek, rus-o‘zbek millati vakillarining nutqini solishtirish va intereferensiya hodisasining kelib chiqish oqibatlari va sabablarini aniqlashdan iborat.

  Biologiya fakulteti magistranti Guljahon Eshbekova “Gʻo‘za sirtida yashovchi Bacillus subtilis bakteriyasi fermentlarini immobilash” mavzusida dissertatsiyani himoya qildi. Dissertatsiyaning maqsadi Go‘za o‘simligi sirtida yashovchi bakteriyalar ajratib olib o‘rganilganda, ular bir qancha fermentlar biologik sintezi uchun muqobil manba bo‘lishidan iborat.

Guljahon Eshbekova Chonam (Janubiy Koreya) hamda Milliy universiteti hamkorligidagi almashinuv dasturi ishtirokchisi, Xalqaro va Respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiyalar qatnashchisi, 10 ga yaqin maqola va tezislar muallifi, chet tilini bilish darajasidagi xalqaro “IELTS” 6.5 sertifikati sohibi.

  Jismoniy madaniyat fakulteti magistranti Vasila Aliboyeva “14-16 yoshli kurashchilarning texnik-taktik tayyorgarligini oshirishda maxsus mashqlarning samaradorligi” mavzusida dissertatsiya himoya qildi.

Vasila Aliboyeva para-dzyudo bo‘yicha ikki karra Osiyo chemioni, Indoneziyada bo‘lgan Par-Osiyo o‘yinlari g‘olibi, Portugaliyada bo‘lib o‘tgan para-dzyudo chempionatida 2-o‘rin, Grandpre turniri sovrindori. Par-Olimpiada “Tokio 2020” o‘yinlari para-dyuzdo bo‘yicha sertifikat sohibi.

Magistrlik maqomi bu ilm yo‘lidagi dastlabki qadam. Magistrlik dissertatsiyasi nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini debochasi kirishi. Bugungi kunda Samarqand davlat universitetida magistrlar oldida juda katta talab qo‘yilmoqda. Ularni ilmiy izlanishlari e’tirof etilayotganligi yuqori doiralarda tan olinayotganligi SamDUning 4 nafar magistranti misolida ko‘rib o‘tdik. Kelgusida SamDU magistrantlari orasidan kashfiyotchilar, Nobel mukofoti laureatlari, davlat mukofoti sovrindorlari yetishib chiqishiga ishonamiz.

Behruz SHAMSIDDINOV,
SamDU Axborot xizmati xodimi
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar