Samarqand davlat universiteti talabalari taqdirlandi

Samarqand davlat universiteti faol yoshlari, fakultet yoshlar yetakchilari, bitiruvchi kurs talabalariga universitet kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.
SamDU ma’naviy-ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Z. Rahmonova, kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Sh. Maxmatmurodov, Yoshlar ittifoqi yetakchisi A. Norboyev, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Sh. To‘xliyevalar yoshlarni jamiyatda tutgan o‘rni universitetda ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida fikr bildirdi.
– 2021yil 30 iyun kuni O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumida ishtirok etib, Prezidentimizni yoshlarga ko‘rsatayotgan e’tibor va g‘amxo‘rligidan juda ruhlandim, – deydi tarix fakulteti talabasi Azizjon Aslamov. – Mamlakatimiz rahbari nutqini universitet miqyosida o‘rganib tahlil qildik, xulosa shuki, O‘zbekiston yoshlari dunyodagi eng baxtiyor, eng omadli yoshlardir. Hech qachon yoshlarga bu darajada e’tibor ko‘rsatilmagan. Ta’lim krediti, imtiyozli uy-joylar, oliy ta’lim qabul kvotalarida grantlarni ko‘paytirilishi, sirtqi, kechki, ta’limlarni tashkil etilishi, yoshlarni til o‘rganishga alohida e’tibor qaratilishi tarixda bo‘lmagan. Endigi gap biz yoshlarni o‘zimizda qoldi, yaxshi o‘qishimiz hayotda o‘z o‘rnimizni topishimiz shart va zarurdir.




Behruz SHAMSIDDINOV,
SamDU Axborot xizmati xodimi
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar

