Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Baxtiyor Xolmuxamedovning “Word-formation and lexicalization phenomenon in the uzbek language” (“O‘zbek tilida so‘z yasalishi va leksemalashuv hodisasi”) nomli monografiyasi Germaniyaning “Lambert” nashriyotida chop etildi.
Mazkur monografiya o‘zbek tilida leksemalashuv hodisasining tadqiqiga bag‘ishlangan. Unda leksikaning boyishi, so‘z yasalishining o‘ziga xosliklari hamda leksemalashuvning turli so‘z turkumlarida namoyon bo‘lishi masalalari yoritilgan. Har bir so‘z turkumining leksemalashuv jarayoni misollar asosida tahlil qilingan.
Ushbu tadqiqotdan lingvistika sohasi tadqiqotchilari, magistrantlar va bakalavr talabalar foydalanishlari mumkin.
Monografiya nashriyot tomonidan yana 8 ta tilga tarjima qilinishi rejalashtirilgan.

Behruz SHAMSIDDINOV,
SamDU Axborot xizmati xodimi.
Shavkat Akramov olgan surat