Bugun, 18-yanvar kuni Samarqandda ob-havo biroz isiydi

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.
Viloyatimizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.