Samarqand davlat universitetiga bugungacha jami 28 187 nafar abituriyent hujjat topshirdi

Samarqand davlat universitetiga 16.07.2021 holatiga ko‘ra 13 446 nafar, Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga 13 411 nafar, Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filialiga 1 330 nafar, jami 25 063 nafar abituriyent hujjat topshirdi.
-Hozirda qabul jarayonlari my.dtm.uz sayti orqali onlayn shaklda olib borilmoqda, - deydi Samarqand davlat universiteti qabul komissiyasi mas’ul kotibi, dosent Noryigit Musulmonov. - Abituriyentlarimizda tug‘ilgan turli savollarga javob berish maqsadida call-markaz hamda axborot-maslahat markazlari tashkil etilgan. Abituriyentlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olmoqda.










Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati
Shavkat Akramov olgan suratlar

