Assalomu alaykum azizlar!

  Barchangizni muborak Qurbon hayiti bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Ulug‘ ayyom kunlarida Yaratgandan yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, xalqimizga sihat-salomatlik, farzandlarimizga baxt-iqbol, omonlik ato etishini so‘rayman.
Samarqand davlat universitetining salkam 30 000 kishilik jamoasiga eng avvalo sog‘liq, ilmiy va ijodiy, pedagogik ishlarida muvaffaqiyatlar tilayman. Professor-o‘qituvchilarimiz, talabalarimiz, ishchi-xizmatchilarimiz jonajon O‘zbekistonimiz taraqqiyoti va rivojiga, ilm-fani yuksalishiga, oliy ta’lim tizimi yanada ravnaq topishida munosib hissa qo‘shishiga ishonaman.
Ona Vatanimizda yuz berayotgan yangilanishlar, o‘zgarishlar, bunyodkorliklar bardavom bo‘lsin.
Samarqand davlat universitetida bir umr ishlagan, bugun oramizda yo‘q ustozlarimizni, do‘stu birodarlarimizni Alloh rahmatiga olsin. Joylarini jannatdan qilsin.
Sinovli kunlarda O‘zingizni va oilangizni ehtiyot qiling. Karantin talablariga amal qiling.
Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin.

Rustam Xolmurodov,
Samarqand davlat universiteti rektori,
professor, Oliy Majlis Senati a’zosi.