Samarqand davlat universiteti rektori va Faxriylar kengashi tashabbusi bilan universitetning bir guruh faxriy professor-o‘qituvchi va xodimlari uchun Samarqand “Boqiy shahar majmuasi”ga ikkinchi kungi sayohati davom etdi.

    “Boqiy shahar” tarixiy majmuasida joylashgan rassomlik, amaliy san’at, zardo‘zlik yo‘nalishlarida milliy hunarmandchilik ustaxonalari, milliy uslubdagi choyxonalar, shirinliklar savdo shoxobchalari, Chorsu sharq bozori va milliy kiyimlar galereyalarida bo‘ldilar.

    Sayohat davomida professor-o’qituvchilar, bugungi kundagi yaratilgan sharoitlarga yana bir bor shukrona keltirib, SamDU rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbori Rustam Xolmurodovga hamda Faxriylar kengashiga o’z minnatdorligini bildirdilar.

    - Bugungi sayohatimiz maroqli o’tdi. Ko’p yillardan buyon bir jamoa bo’lib ishlaymiz, - deydi SamDU zoologiya kafedrasi mudiri, professor Abdurashid Jabborov. – Tadbirlarda ko’rishmasak, boshqa payt buning imkoni bo’lmasdi. Bugun birgalikda sayohat qilib, ko’nglimiz yayradi, go’zallashib borayotgan Samarqandning tarovatidan yana bir karra bahra oldik. Buning uchun tashkilotchilarga rahmat…

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.