Samarqand davlat universiteti: iste’dodli yoshlar mamlakat umidi, millat tayanchi...

Muhriddin Rabbimov Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti magistranti “Pandemiyadan keyingi davrda oliy ta’lim tizimini raqamlashtirish xususiyatlari va takomillashtirish yo‘llari (Germaniya va Rossiya) mamlakatlari misolida” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda.
Muhriddin yigirmaga yaqin xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiyalarda ishtirok etgan. Ilmiy maqolalari Amerikaning “American Journal of Economics and Business Managment” va “Innovation in the Modern Education System” jurnallarida, Indoneziyaning “American Journal of Economics and Business Managment” va “Innovation in the Modern Education System”, “Methodical Research Journal” hamda “Human Resoursces: Problems, Solution, Perspectives” jurnallarida “Raqamli iqtisodiyot sharoitida, oliy ta’lim tizimini raqamlashtirish”, “Oliy ta’lim tizimini raqamlashtirishda xorijiy tajribalarning o‘rni va ahamiyati” mavzularida maqolalari e’lon qilingan.
Muhriddin Rabbimov Germaniya xalqaro jamg‘arma kassalari fondi (Sparkassenstiftung) dasturida faol qatnashib 2019 yil noyabr oyida, Germaniyaning Mayns shahrida joylashgan, Germaniya jamg‘arma kassalari akademiyasida (Sparkassenakademie) grand asosida tahsil oldi. U 100 dan ortiq diplom hamda sertifikatlar sohibi, xalqaro trener darajasiga ega, O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi, Yosh fermerlar Kengashi va Yoshlar - kelajagimiz jamg‘armasi tavsiyanomalariga ega.
–Samqarqand davlat universitetidagi “Startap tashabbuslari” tanlovi ishtirokchisiman, – deydi Muhriddin Rabbimov. – Hozirgi kunda iqtisod fanlari nomzodi dosent D.Usmanova ilmiy rahbarligi ostida ishlarimni davom ettiryapman.

Behruz SHAMSIDDINOV,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat AKRAMOV olgan surat

