“Men rahbar ekanman, bu yurtda ayol kishi xo‘rlanmaydi”

Samarqand davlat universitetida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi tashabbusi bilan “25 noyabr – xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni”ga bag‘ishlab “Men rahbar ekanman, bu yurtda ayol kishi xo‘rlanmaydi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar jamiyat hayotida ayollar huquqini mustahkamlash, ularga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik hamda bu borada rahbar xodimlarning mas’uliyat va vazifalari haqida atroflicha fikr bildirdilar. Shuningdek, malakali psixolog tomonidan berilgan zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar ruhiyatidagi muammolarni bartaraf qilish yo‘llari borasidagi maslahat va tavsiyalar tinglovchilarga nihoyatda foydali bo‘ldi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.