Samarqand davlat universiteti: iste’dodli yoshlar mamlakat umidi, millat tayanchi...

Dildora Annayeva Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti magistranti. U O‘zRFA Mikrobiologiya va immunologiya laboratoriyasida “Sachratqi (Cichorium intybus L) o‘simligidan endofit mikroorganizmlarni ajratib olish va biotexnologik potensialini baholash” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.
Ilmiy tadqiqot ishida endofit mikroorganizmlar hayotining ma’lum siklini o‘simlik to‘qimalarida o‘tkazib, o‘simlik immunitet tizimini yaxshilash, ularning turli patogen mikroorganizmlar va zararkunanda hasharotlarga qarshi keng spektrli ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi.
Dildora Annayevaning bir qator ilmiy maqolalari iScience, “Global Science and Innovations 2018” Eger, Hungary, “Obrazovaniye i nauka v XXI veke” kabi xalqaro jurnallarda chop etilgan.
-O‘zRFA Mikrobiologiya va immunologiya labarotoriyasi direktori, professor Qahramon Davronov Dildora Annayevaning ishiga yuqori baho berib mazkur tadqiqotni kelajakda davom ettirish yuzasidan tavsiyalar bergan.

Behruz SHAMSIDDINOV,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat AKRAMOV olgan surat