Samarqand davlat universiteti: iste’dodli yoshlar mamlakat umidi, millat tayanchi...

Sitora Rahmonberdiyeva “O‘zbek falsafasining shakllanish va rivojlanish xususiyatlari” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. O‘zbek falsafasining asosiy yo‘nalishlari, tarixi, bosqichlari va Renessansning uchinchi to‘lqini haqidagi ma’ruzalari bilan 30 ga yaqin xalqaro va respublika konferesiyalarida ishtirok etgan. Bir qator maqolalari nufuzli jurnallarda chop etilgan. U bir qator sertifikat va diplomlar sohibi.
Pandemiya davrida chekka qishloqlardagi xotin-qizlarni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashdagi ishtiroki uchun Sitora Rahmonberdiyeva Prezidentimizning farmoniga binoan “Mehr saxovat” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Sitora Rahmonberdiyeva bugungi kunda Samarqand viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvatlash boshqarmasida Axborot xizmati rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.
- Bir qator loyihalar ustida ish olib bormoqdaman, ularda asosiy e’tibor chekka hududlarda istiqomat qiladigan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan deydi, - Sitora Rahmonberdiyeva. – Birinchi navbatda yoshlarni huquqiy savodxonligini oshirish, buning uchun ko‘chma yuridik klinikalar tashkil qilish, yoshlarga oid qonunlar, qaror va farmonlar ijrosini tahlil va monitoring qilish, bu borada jamoatchilik nazorati instituti faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muhim hisoblayman.
Behruz SHAMSIDDINOV,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.

