Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 23-iyuldagi buyrug‘iga asosan, Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga professor Begmatov Akram Xasanovich tayinlandi. Shuningdek, Akram Begmatovga institut direktori vazifasini vaqtincha bajarish vazifasi ham yuklatildi.
Ma’lumot uchun, Akram Begmatov 1959-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Fizika-matematika fanlari doktori, professor.
2017-yildan Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti dekani lavozimida ishlagan.