SamDU va Vengriyaning Szeged universiteti bilan hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko’tarildi…

SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti direktori, dotsent Toshpo’lat Rajabov Vengriyaning Szeged universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda ushbu universitetning qishloq xo'jalik fakulteti dekani Dr. Miko Edit va professor-o'qituvchilar bilan agrar ta'lim sohasida ikki universitet o’rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida Szeged universiteti professorlari Dr. Ferens Lantos va Dr. Szarvas Adrienn SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutning o'quv, ilmiy-tadqiqot va xalqaro hamkorlik sohalarini yanada rivojlantirish, agrar ta'lim sohasidagi yangi yutuqlarni joriy qilish maqsadida institutda faoliyat olib borishga va ikki universitet o'rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga rozilik bildirdilar.
Shuningdek, Vengriyaning Stipendium Hungaricum xalqaro dasturi doirasida SamDU talabalarining Szeged universitetida tahsil olishlari uchun hamkorlik qilish va talabalarni ushbu dasturga tayyorlash bo’yicha kelishib olindi.
Tashrif davomida fakultetning o’quv va ilmiy laboratoriyalari bilan tanishildi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.