Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodov:

"Ushbu tarixiy sanada qadimiy va hamisha navqiron Samarqandning ko‘hna maydoni ilm-fan vakillarini yana bir karra birlashtirmoqda. Bugungi zamonaviy muhitda oliy ta’lim mamlakat rivojlanishida muhim faktorga aylandi. Mazkur forum oliy ta’lim sohasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash uchun yaxshi imkoniyat.
Ishonamanki, forum doirasida olib borilgan kelishuvlar malakali mutaxassislar tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish, O‘zbekiston OTM larini dunyoning eng kuchli universitetlari qatoriga qo‘shish kabi asosiy maqsadlarni amalga oshirish sari muhim omil bo‘lib xizmat qiladi."
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.