Ilm-fan homiylari taqdirlandi

Samarqand davlat universiteti kimyo fakultetiga grant asosida qabul qilingan Suxrobjon Tilavmurodovning ota-onasi Xudoyberdi Tog‘ayev va Charos Tog‘ayevalarga SamDU rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodovning Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mahalla faollari, maktab jamoatchiligi va yaqin qarindoshlar ishtirokida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida ushbu oila barcha uchun o‘rnak sifatida ko‘rsatilib, yoshlarni ilm-fanga yo‘naltirish targ‘ib etildi.
- Bugun farzandim uchun berilayotgan bunday eʼtibordan juda ham xursandman, - deydi Suxrobjonning otasi Xudoyberdi Tog‘ayev. – O‘g‘lim yoshligidan tabiiy va aniq fanlarga qiziqardi. Hozir u o‘z orzulari tomon ketmoqda. Men ota sifatida uning olim bo‘lishini, ilm bilan shug‘ullanishini qo‘llab-quvvatlayman. Muhimi, xalqimizga xizmat qiladigan yaxshi inson bo‘lib yetishsin.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.