Assalomu alaykum Davlatjon.

Sizni bugungi tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Siz butun dunyo nigohi qaratilgan Yaponiya poytaxti Tokio shahrida O‘zbekiston yoshlarini nimalarga qodir ekanligini amalda ko‘rsatdingiz. Vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tardingiz. Sizning g‘alabangiz 34 millionlik O‘zbekiston xalqiga faxr-iftixor, milliy g‘urur bag‘ishladi.
2021 yil 28 iyul sanasi jahon sport tarixiga, Samarqand davlat universiteti bitiruvchisi Davlat Bobonovning “Tokio-2020” Olimpiadasining bronza medalini qo‘lga kiritgani, oltin harflar bilan yozilishiga, muhrlanishiga ishonaman.
Sizning bu g‘alabangiz - Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning sportga, sport ilmi rivojiga ko‘rsatayotgan e’tibori, cheksiz g‘amxo‘rligining yorqin namoyishidir. Sizning bu olamshumul g‘alabangiz - O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga munosib sovg‘adir.
Men Samarqand davlat universiteti jamoasi nomidan Sizni samimiy tabriklayman. Biz Siz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Sizni dunyoga keltirgan otangiz -Husniddin Bobonovga, onangiz Nuriya Bobonovaga o‘zimning cheksiz minnatdorligimni bildiraman. Sizga ta’lim-tarbiya bergan ustozlaringizga ham rahmat.
“Tokio 2020” Olimpiadasida qatnashayotgan Samarqand davlat universiteti talaba va bitiruvchilariga omadlar tilayman. Biz Sizlardan faqat g‘alabalar kutib qolamiz.

Rustam XOLMURODOV,
Samarqand davlat universiteti rektori professor,

Oliy Majlis Senati a’zosi.