Assalomu alaykum!

Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etaman.

Ona vatanimiz ozodligi abadiy bo‘lsin!

Istiqlolimizning 30 yilligi ayyomiga yetkazgani uchun Yaratganga shukronalar aytamiz.

Mustaqillikning 30 yilligi bu tom ma’nodagi tarixiy voqeadir. Mamlakat va Millat taqdirida buyuk burilish bo‘lgan istiqlolimiz, o‘tgan davr ichida xalqimizga cheksiz imkoniyatlar berdi.

Avvalo, biz ozod inson tuyg‘usini yuragimizdan his etdik. Ayniqsa, hurriyatimizning keyingi besh yili muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida xalqimiz hayotini, turmushini, ongini o‘zgartirish, yurtimizni taraqqiy ettirish, yangi O‘zbekistonni yaratish davri sifatida tarix sahifasiga muhrlanadi. Odamlarni hayotidan rozi qilish, ertangi kunga umid uyg‘otish, ishontirish bosh maqsadga aylangan davr kishisi bo‘lganimizdan har birimiz faxrlanamiz.

Osmonimiz oydin, yurtimiz obod, xalqimiz baxtli bo‘lsin!

Rustam Xolmurodov,

Samarqand davlat universiteti rektori, professor,

Oliy Majlis Senati a’zosi