O‘tgan davr ichida Anqara Yildirim Boyazid universiteti va Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlikda juda ko‘p loyihalar amalga oshirildi, ilmiy anjumanlar tashkil qilindi. 2021-yilda Samarqand universiteti rektori, Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodov boshchiligidagi delegatsiya Anqara Yildirim Boyazid universitetida bo‘ldi. Ushbu tashrif davomida Anqara Yildirim Boyazid universitetida  “O‘zbekiston xotira o‘rmoni”  barpo etildi. Anqara Yildirim Boyazid universiteti Samarqand davlat universiteti bilan aloqalarni kelajakda ham samarali davom ettirishni maqsad qilgan.