- Samarqandda sohibqiron Amir Temurning nabirasi Ulug‘bek Mirzo tomonidan bunyod etilgan madrasa,  g‘arb manbalarida e’tirof etilganidik o‘z davrining haqiqiy akademiyasi edi.
    Ushbu dargohda faoliyat yuritgan buyuk astranom Ali Qushchi Turkiyada oliy ta’lim tizimiga asos solgani bilan biz haqli ravishda faxrlanamiz. Bu tarix haqiqati, qardosh xalqlarimizning ta’lim sohasidagi aloqalari juda qadim zamonlarga  taqalishidan dalolatdir...