Samarqand davlat universiteti rektoriga “Yilning eng yaxshi rektori 2021” tanlovining statuetkasi topshirildi

Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash telegram kanalida o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi rektori 2021” tanlovida mutlaq g‘olib bo‘ldi.
Bugun, 29-iyul kuni oliygoh.uz sayti rahbari Ja’farxon Isaxonov Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodovga “Yilning eng yaxshi rektori 2021” statuetkasi va diplomini topshirdi.
Shu bilan birgalikda, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Online Education” ta’lim loyihasi, Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda oliygoh.uz platformasi tomonidan Samarqand davlat universitetining munosib 10 nafar talabasiga maxsus grant ajratildi.
Uchrashuvda Rustam Ibragimovich Samarqand davlat universiteti barcha rasmiy va norasmiy ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini alohida ta’kidlab, ushbu loyihaga, uning mutasaddilari faoliyatiga omad tiladi.



Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati
Shavkat Akramov olgan suratlar

