Samarqand davlat universitetiga Slovakiyaning Bratislava iqtisodiyot universiteti professorlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi...

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki tomonlama aloqalarni yanada kengaytirish, o‘quv jarayonlari va xalqaro miqyosdagi ilmiy tadqiqotlarda manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir.
Qayd etish joizki, bugungi raqamli texnologiyalar zamonida jamiyat hayotining barcha tarmoqlariga axborot texnologiyalari natijalarini joriy qilish muhim hisoblanadi. Mamlakat taraqqiyotida iqtisodiy tarmoq eng katta o‘rinni egallashi, hech kimga sir emas. Shu bois, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ahamiyati ham dolzarb mazmun kasb etadi.
-Samarqand davlat universiteti dunyo bo‘yicha alohida nufuzga ega bo‘lgan qadimiy universitetlardan biri, - deydi Bratislava iqtisodiyot universiteti professori Marian Rayff, - Bratislava universiteti jamoatchiligi SamDU bilan hamkorlik o‘rnatganidan mamnun. Endilikda, ushbu hamkorlik doirasida bakalavriat va magistratura bosqichida talabalar almashinuvi dasturlarini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlashda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdik. Xalqaro miqyosda ilmiy tadqiqot natijalarining samarali targ‘ibotini olib borish, har bir erishilgan yangilikni jahon ilm-fani diqqat markaziga taqdim etish dolzarb masaladir. Kelishuvlarimiz orasida bu borada zamonaviy metodologiya prinsiplarini belgilash, iqtisodiyot mutaxassislari tayyorlaydigan yangi yo‘nalishlar tashkil qilishda mavjud imkoniyatlarni birlashtirish masalalari ham alohida o‘rin tutadi.
Iroda Bekmurodova,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.