Bugun Samarqand davlat universiteti matematik modellashtirish kafedrasi mudiri, professor Baxtiyor Xo’jayorov hamda ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi bosh mutaxassisi  Axtam  Himmatovning tug’ilgan kuni.

    SamDU matematik modellashtirish kafedrasi mudiri, professor Baxtiyor Xo’jayorov 1951-yil Samarqand viloyatida tug’ilgan. 71 yoshni qarshi olgan olim 50 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda…

    Samarqand davlat universiteti ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi bosh mutaxassisi Axtam  Himmatov 1959-yil Samarqand viloyatida tug’ilgan. 63 yoshni qarshi olgan olim 40 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda…

    Samarqand davlat universiteti jamoasi tug’ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

 

Samarqand davlat universiteti

Faxriylar kengashi.