SamDU xalqaro ta’lim dasturlari markazida psixologiya, mexatronika va robototexnika, geografiya, inson resurslarini boshqarish, dorilarning sanoat texnologiyasi, tarix yo’nalishlari bo’yicha 1+1 qo’shma ta’lim dasturlari asosida magistrlar tahsil olib kelmoqda. Ya’ni izlanuvchilar bir yil Samarqand davlat universitetida ta’lim olsa, ikkinchi yili Rossiyaning nufuzli oliygohlarida o’qishini davom ettirib kelmoqda. Shuningdek bitiruvchilar ikkita universitetning diplomiga ega bo’lishadi.

    Olti nafar magistr Moskva psixonaliz institutida psixologiya va faoliyat turlari yo’nalishi bo’yicha o’qishini yakunlab, 2 ta magistrlik diplomini qo’lga kiritdi.

    - Bolaligimdan psixologiya sohasiga qiziqaman. Ushbu qiziqish sabab Samarqand davlat universitetga psixologiya yo’nalishiga o’qishga kirdim, - deydi magistr Farida Mamarasulova. - 2015-yili bakalavr bosqichini tamomlaganman. Magstraturada o’qish niyatida edim, 2020- yili bunga erishdim. Bir paytlar magstraturaga o’qish nasib qilarkanmi degan tashvishlar bor edi. Bugun esa magistrlik darajasiga erishib, ikkita diplomga ega bo’ldim. Bu men uchun katta baxt. Menga bunday imkoniyatni yaratib berganligi uchun Samarqand davlat universitetiga minnatdorlik bildiraman. Kelajakda ilmiy ishimni davom ettirishni reja qilganman…

Behruz Shamsiddinov

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi,

Shavkat Akramov olgan suratlar.