Samarqand davlat universitetiga Yaponiyaning Nagoya universitetining fizika instituti professorlari  Yasuhiko Sakai, Akira Itolar tashrif buyurdi. Mehmonlarni Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Akmal Axatov qabul qildi.

    Tashrifdan asosiy maqsad xalqaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko’tarishdir. Shuningdek, SamDU da va Nagoya universiteti bilan hamkorlikda suyuqliklar laboratoriyasini tashkil qilish masalasi ko’rib chiqildi.

    Uchrashuvda SamDU ning fizika muhandislik instituti va yadro fizika laboratoriyasida nagoyalik olimlar tadqiqot o’tashi, yangi tashkil etiladigan suyuqliklar laboratoriyasiga Nagoya universitetining olimlari maslahatchi sifatida jalb qilinishi, yadro fizikasi izlanishlari bo’yicha tibbiyot diagnostikasi tadqiqotlarini yo’lga qo’yish takliflari ilgari surildi…

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat Akramov olgan suratlar.