Samarqand davlat universiteti huzuridagi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabga o‘qishga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi...

Ushbu maktabga o‘qishga kirish uchun qabul 7-sinfdan boshlanib, aniq fanlarga 110 nafar, tabiiy fanlarga esa 55 kishi, jami 165 o‘quvchi hujjat topshirgan. Imtihon yozma shaklda bo‘lib, 5 ta savol uchun 2 soat vaqt ajratilgan. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan 60 nafar o‘quvchi o’qishga qabul qilinadi.
Imtihonlarni shaffofligini ta’minlash maqsadida camera.samdu.uz platformasi orqali jonli efirga uzatildi. Bundan tashqari imtihon bo‘lgan xona tashqarisida monitor joylashtirilib, ota-onalarga jarayonlarni kuzatish imkoniyat yaratildi.
- Farzandimning kelajagini o‘ylab, Samarqand davlat universiteti huzuridagi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabga o‘qitishga qaror qildik, - deydi Nazira Xolova. – Qizim imtihonlarga astoydil tayyorlandi. Niyatimiz xolis. Imtihon qanday bo‘larkan degan xavotir bor edi. Mana, jarayonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli kuzatib boryapmiz. Endi tashvishlanmasam ham bo‘ladi, hammasi shaffof o‘tmoqda. Buning uchun tashkilotchilarga minnatdorchiligimni bildiraman. Barcha talabgorlarga omad!
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.