Bugun Samarqand davlat universiteti dotsentlari Leyla Belyalova va Abduxalil Urunovlarning tavallud topgan kuni.

    Leyla Belyalova Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi, Zarafshon davlat qo‘riqxonasi katta ilmiy xodimi, Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) ishchi guruhi a’zosi. 2018-yilda BBС tomonidan tuzilgan “Dunyoning eng nufuzli 100 ayoli” ro‘yxatiga kiritilgan. Samarqand shahrida tug’ilgan. 65 yoshni qarshi olgan olima, 45yildan buyon bir qator tashkilot va Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda.

    Boshlang’ich va texnologik ta’lim kafedrasi dotsenti Abduxalil Urunov Patdarg’om tumanida tug’ilgan. 63 yoshni qarshi olgan olim,  42 yildan buyon bir qator tashkilot va Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

    Samarqand davlat universiteti jamoasi tug’ilgan kun sohiblarini samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

Samarqand davlat universiteti

Faxriylar kengashi

Shavkat Akramov olgan suratlar.