Samarqand davlat universiteti zoologiya muzeyida bir juft (erkak va urg’ochi) Osiyo sherlari eksponati saqlanadi. Bular dastlab, Moskva zooparkida yashagan. Ushbu eksponatlar 1935-yil tayyorlangan. Tadqiqot qilish maqsadida Moskva davlat universitetida saqlangan. Ikkinchi jahon urushi sabab 1942-yillarda SamDUga olib kelingan. Ularning uzunligi 2 - 2.5 metr, balandligi esa 1.5 metr atrofida, og‘irligi esa taxminan 200-250 kg. bo‘lgan.  SamDU zoologiya muzeyida saqlanayotgan Osiyo sherlarini jayronni ovlayotgan jaroyonida ko’rishingiz mumkin. Hozirda bu eksponat bu yerdagi eng qimmat va noyob eksponatlardan biri hisoblanadi.

    Ma’lumot uchun, Osiyo sherlari hozirda Hindistonning Gir o’rmonida yashaydi. Ular Xalqaro va Qizil kitobga kiritilgan.  Hozirgi kunda taxminan 600-700 tani tashkil qiladi. Afrika she’rlaridan junining kamligi va jussasining kichikligi bilan farq qiladi.

 

Behruz SHAMSIDDINOV

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi,

Shavkat AKRAMOV olgan surat.