21-sentyabr - Samarqand davlat universiteti kuni!
Ilm va ma’rifat bayramiga marhamat...
Qadimiy va navqiron universitetimiz o‘z tarixida ilk bor Universitet kunini o‘tkazmoqda.
Ushbu tarixiy sana Mirzo Ulug‘bek oliy madrasasining tashkil topishiga borib taqaladi. 1420-yil, 21-sentyabr kuni oliy madrasada ilk dars mashg‘ulotlari boshlangan.
Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovning tashabbusi bilan ushbu kun tantanali ravishda nishonlanadi.
Bayram tantanalari doirasida “Turk dunyosida ta’lim, ilm-fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik va o‘zaro ta’sir” mavzusidagi Xalqaro simpozium o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Simpoziumda bir qator xorijiy nufuzli mehmonlar: Nobel mukofoti laureati, AQShning Shimoliy Karolina universiteti professori Aziz Sanjar, Bolonya universiteti professori Simone Monteline, Ahmad Yassaviy universiteti rektori Jengiz To‘mar (Qozog‘iston), Istanbul universiteti rektori Mahmud AK (Turkiya), Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favquloddagi va muxtor elchisi Olgan Bekar va boshqalarning tashrifi kutilmoqda.
Tadbirlar dasturi haqida batafsil ma’lumotni Samarqand davlat universiteti Axborot xizmatining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan olasiz!