Samarqand davlat universitetida 2016-2020 yillar mobaynida o`qib ta’lim olganman. Men olimpiada o`yinlarigacha bir qator nufuzli musobaqalarda Osiyo, Jahon chempionatida qatnashib g`olib va sovrindor bo`ldim. Samarqand davlat universiteti sport bilan shug`ullanishim uchun bir qator sharoitlarni yaratib berganligini aytishim joiz. Chet el musoboqalarida xorijlik do`stlarim bilan suhbat jarayonida ularga Samarqand davlat universitetida ta’lim olganimni aytganimda menga alohida qiziqish bildirishgan. Ular Mirzo Ulug`bek madrasasi, madaniy meroslarimiz haqida bilishlarini aytganlarida, men bundan mag`rurlanganman. Olimpiadada qatnashayotgan paytimda Samarqand davlat universiteti rektori, Oliy Majlis Senati a’zosi, professor Rustam Xolmurodov tomonidan menga yuborilgan ishonchlari judayam quvontirdi, butun oilamni xursand qildi. Men juda ham mag`rurlandim. Samarqand davlat universitetida o`qiganimdan g`urur hissi paydo bo`ldi. Bugun ilk marotaba o`tkazilayotgan Universitet kuni bizga faxr bag`ishlaydi. Samarqand davlat universiteti talabasi bo`lganimdan g`ururlanaman. Xudo xohlasa kelgusida ham Samarqand davlat universitetida magistratura talabasi bo`lish orzusidaman.

Davlat Bobonov
“Tokio 2020” Olimpiada o’yinlari
bronza medali sohibi,
Samarqand davlat universiteti bitiruvchisi

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.