O‘zbek bilan Qoraqalpoq bir xalq. Vatanimiz,  tilimiz, dinimiz bir. Hatto ko‘nglimiz ham bir. Tariximiz ham bir. Bizni asrlar ajratolmagan.  G‘animlar yengolmagan.  O‘zbek bilan qoraqalpoq xalqini o‘rtasiga raxna solmoqchi bo‘lganlar adashadi. Shu kunlarda yuz bergan ko‘ngilsizliklar ortida uchinchi kuchlar borligini unutmasligimiz kerak. O‘zbek bilan Qoraqalpoq bir bo‘lgan. Butun bo‘lgan. Bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Allohning hukmi ham aslida xuddi shunday. Bugun esimizni yig‘ib olmasak, ertaga bizni avlodlar kechirmaydi. Ajdodlarimiz ruhi chirqillaydi...

 

Rustam Xolmurodov,
Samarqand davlat universiteti rektori, professor,
Oliy Majlis Senati aʼzosi