Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida London iqtisodiyot va siyosatshunoslik maktabi talabalari bilan davra suhbati o'tkazildi. 

    Samimiy muloqot davomida Londonda talabalar uchun o'qish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va ilmiy tadqiqotlar haqida fikr almashildi.

    - Samarqand menda juda ham yaxshi taassurot qoldirdi, - deydi London iqtisodiyot va siyosatshunoslik maktabi talabasi Arian NJ. - O'zim asli Gongkonglikman. Samarqand haqida tarixiy manbalarda o'qigan edim va bu shaharni ko'rish mening orzum edi. Bugun o'sha orzum amalga oshdi. Universitetingiz juda ham qadimiy va nufuzliligi bilan Markaziy Osiyoda ajralib turadi. O'ylaymanki, endi universitetlarimiz o'rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada kuchayadi.

    Ma'lumot uchun, Buyuk Britaniyaning London iqtisodiyot va siyosatshunoslik maktabi dunyo universitetlari reytingida 27-o'rinda turadi.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.