Bugun, 20 iyundan e’tiboran 2022/2023 o‘quv yili uchun akademik litseylarga umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni litsey.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish jarayonlari boshlanadi.

    Abiturientlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tizimga shaxsiy ma’lumotlarni kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim (https://t.me/eduuz/9320 ):

    - joriy yilda 9-sinfni bitirganlik to‘g‘risidagi shahodatnoma;

    - 3,5x4,5 sm o‘lchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

    - o‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi, tanlovlar, musobaqa g‘olibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, sertifikat, guvohnoma, shuningdek, chet tili va umumta’lim fanlarni bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud bo‘lsa).

 

    Abiturientlar ro‘yxatdan o‘tishda:

    - o‘zlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yo‘nalishini tanlashi (bunda ta’lim tili bir xil bo‘lishi kerak);

    - va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini ham belgilaydi.

 

     Shuningdek, abiturient o‘zi tanlagan hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

 

    *Qabul jarayonlari bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Call-center” raqamlari (https://drive.google.com/file/d/1vFzoJAadK4k6g6Lmc92Ze83np0q2Q-4z/view?usp=sharing) orqali olishingiz mumkin.

 

    Ma’lumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey uchun hujjatlar litsey.dtm.uz sayti orqali qabul qilinadi.