Samarqand davlat universitetida “Vatan yagonadir – Vatan bittadir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Samarqand davlat universiteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi va filologiya fakulteti o‘qituvchi va talabalari ishtirokida 4-sonli talabalar turar joyida “Vatan yagonadir – Vatan bittadir” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Xalq ta’limi a’lochisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibi, shoira Xosiyat Bobomurodova mehmon sifatida ishtirok etdi.
Tadbir yakunida filologiya fakultetining bir guruh iste’dodli talabalarining shoira qalamiga mansub she’rlardan namunalar hamda talabalar ijrosida betakror qo‘shiqlardan iborat chiqishlari namoyish etildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.