Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘limi uslubchisi Fransiyada ilmiy tadqiqot olib bormoqda

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘limi uslubchisi Zarifa Eshmurodova “Fransuz va o‘zbek dostonlarida etnomadaniyatga xos leksemalarning lingvosemantik maydonlari («Chanson de Roland» va «Alpomish» dostonlari materiali asosida)” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borish maqsadida ayni kunlarda Fransiyada bo‘lib turibdi.
Olima mazkur dissertatsiyasi doirasida Fransiyaning Sorbonna universiteti, Fransiya Sharq tillari va rivojlanishi milliy instituti (INALCO) kabi bir qator oliy ta’lim muassalarida tadqiqot olib bormoqda.
Mazkur tadqiqot natijalari 5 ta xalqaro, 9 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida ilmiy jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilgan.
Zarifa Eshmurodova izlanishlari doirasida bugungi kunga qadar 30 ga yaqin xalqaro va respublikamizning nufuzli nashrlarida o‘z maqola va tezislarini e’lon qilgan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.