Osiyo chempioni Vasila Aliboyeva: “Samarqand davlat universitetiga butun dunyo nigohi qaratilgan”

Men Vasila Aliboyeva, sportning dyuzdo turi bilan shug`ullanaman. 2014-yilda Samarqand davlat universitetiga talabalik safiga qabul qilindim. 2018-yilda bakalavrni tamomladim. 2019 yilda universitetimizning magistratura bosqichiga o`qishga qabul qilindim va joriy yilda a’lo baholar bilan tugatdim. Bu 6 yillik faoliyatim mobaynida ham sportda, ham o`qishda ko`plab yutuqlarga erishdim. Osiyo va Okeaniya chempionatlari, Gran-pri turnirlari, Jahon chempionatida kumush medalni qo`lga kiritdim. Paralimpiya o`yinlarigacha ko`plab musobaqalarda ishtirok etdim. Musobaqalarda erishgan natijalarimiz orqali to`plagan ballarim bilan “Tokio-2020” Paralimpiya o`yinlariga yo`llanmani qo`lga kiritdim.
Samarqand davlat universiteti - mening universitetim. Samarqand davlat universitetiga butun dunyo nigohi qaratilgan. Buning isbotini internet sahifalarida chiqqan xabarlarda ham ko`rishimiz mumkin. Dunyoda yetakchi hisoblanadigan Oksford universitetining professor-o`qituvchilari bizning universitetimizga kelib dars berishlari buning yaqqol misoli ekanligini ko`rishimiz mumkin. Samarqand tarixida ilk marotaba 21-sentyabr universitet kuni sifatida nishonlanishi bizga, talabalarga yuksak faxr-iftixor bag`ishlaydi.
Vasila Aliboyeva,
“Tokio-2020” Paralimpiya o`yinlari ishtirokchisi,
Samarqand davlat universiteti magistri
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.

