Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti o‘qituvchisi Gavhar Narmayeva “Organik moddalarning voltamperometrik analizi” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi. Shu kungacha 20 yaqin maqolalari respublika va xalqaro Rossiya, Bolgariya, Angliya kabi davlatlarning nufuzli nashrlarida maqolalari chop etilgan.

    – Hozirgi kunda inson salomatligiga atrof-muhit va oziq-ovqatning ta’sirini baholash dolzarb muammolardan biridir, - deydi Gavhar Narmayeva.- Shu boisdan,  oziq-ovqat va farmatsevtik preparatlarning kimyoviy tarkibini monitoring qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotimning asosiy maqsadi organik moddalar, shu jumladan, farmatsevtik preparatlar tarkibidagi moddalarni tekshirish, vitaminlar miqdorini aniqlashga qaratilgan. Bu vazifani bajarish uchun sezgir va selektiv elektrod ishlab chiqdik. Yaqinda ushbu foydali model intellektual mulk agentligi tomonidan patentlandi. Endilikda ushbu elektrodni laboratoriya mashg‘ulotlariga keng jalb qilish harakatidamiz.

    Ushbu elektrod orqali nafaqat dori vositalari, balki oziq-ovqat, oqova suv tarkibini ham tekshirish hamda biologik faol moddalar, B2, B6 va C vitaminlar miqdorini aniqlash mumkin. Tadqiqotchi obyekt sifatida Magne B6, Dramin B6 va Bentavit Valenta kabi tabletkalarni, shuningdek, oqova suvlar tarkibini o‘rgangan. Olingan natijalarga ko‘ra viloyatimizdagi oqova suvlarda og‘ir metallar qo‘rg‘oshin va mis miqdori belgilangan miqdordan ko‘pligi aniqlangan. Suv tarkibida og‘iq metallarning me’yordan oshmasligini nazoratda ushlab turish esa keyingi muhim vazifadir. 

 

Iroda Bekmurodova

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.

Shavkat Akramov olgan suratlar.