Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti 2-kurs talabasi Farangiz Arabova qiyosiy tilshunoslik va qiyosiy adabiyotshunoslik yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib boradi. Mazkur mavzu bo‘yicha yozgan bir qator maqolalari respublika va xalqaro nashrlarda chop etilgan. Uning tadqiqotlari rus va o‘zbek tillarining qiyosiy tahlili bilan bir qatorda ikki xalq adabiyoti va xalq og‘zaki ijodining mushtarak jihatlarini o‘rganish borasidagi ilmiy tahlillarni o‘z ichiga olgan. U ilmiy faoliyat bilan bir qatorda “Gumanitar fanlar akademiyasi” o‘quv markazida 50 dan ziyod talabalarga koreys tilidan saboq beradi.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan surat.