Assalomu alaykum, men turkiyalik Bayram Bilir bo‘laman. Mana shu kunlarda Samarqand davlat universitetida Qadimgi turkiy til haqida ilmiy izlanish olib bormoqdaman. Samarqand davlat universitetiga bu yil 4-marta kelmoqdaman. Birinchi marta kelganimdayoq, universitetning yetakchi oliy o‘quv yurti ekanligini bilganman. Mana bugun 1420-yilda tashkil topgan Samarqand davlat universiteti o‘zining 600 yilligini nishonlaydi. Bundan juda xursandmiz.

Samarqand davlat universitetida hozir 15 ta fakultet mavjud. Bulardan bittasi – filologiya fakultetidir. Bu eng qadimgi fakultetlardan bittasi. Men ham shu fakultetda ilmiy tadqiqot olib boryapman. Ayniqsa, qadimgi turkiy til, qadimgi o‘zbek tili to‘g‘risida tadqiqot qilyapman. Samarqand davlat universiteti menda katta taassurot qoldirdi. O‘qituvchilar ham, tengdoshlarimiz ham bizga ko‘p e’tibor, mehmondo‘stlik qildilar.

Bugun universitet 600 yilligini nishonlamoqda. Men ham shu kunlarda bu yerda bo‘lganimdan juda xursandman. Umring uzoq bo‘lsin Samarqand davlat universiteti!

Bayram Bilir,
Samarqand davlat universiteti
filologiya fakulteti doktoranti (Turkiya)
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.