Samarqand davlat universiteti talabalari O‘zbekiston kubogida yana 1 oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi

Ayni kunlarda poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida universitetimizning 5 nafar talabasi ishtirok etmoqda.
Kuni kecha Sport faoliyati va san’at fakulteti talabasi Xojiakbar Olimov 89 kg vazn toifasida barcha raqiblarini ortda qoldirib oltin medalni, 73 kg vazn toifasida Og‘abek To‘xtaev kumush medalni, qo‘lga kiritdi.
Talabalarimizni ushbu g‘alabalar bilan tabriklaymiz!

Biz siz bilan faxrlanamiz!
Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati

