Samarqand davlat universiteti talabalari “Men donorman” qon topshirish aksiyasida qatnashdi…

Samarqand davlat universiteti talabalari viloyat mintaqaviy qon markazida tashkil etilgan “Men donorman” donorlik aksiyasi doirasida qon topshirish ishlarida faol ishtirok etdi. Ixtiyoriy ravishda qon topshirishga kelgan o‘qituvchi va talabalar dastlab malakali shifokor koʻrigidan oʻtganlaridan so‘ng tegishli tartibda qon topshirdilar. Ushbu aksiya davomida topshirilgan qon preparatlari onkologiya va gematologiya markazlarida davolanayotgan bolalar uchun yuborilishi belgilangan.
– Bugungi aksiyada ishtirok etish uchun kelgan yoshlar ko‘ngilli qon topshirish ishlariga nihoyatda faollik va xayrixohlik bilan yondashmoqdalar, - deydi matematika fakulteti talabasi Sardor Muhammadiyev. - O‘z ixtiyorimiz bilan topshirgan qon qaysidir bemorning hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shishi mumkinligidan g‘oyatda mamnunmiz. Barchangizni ushbu aksiyaga ishtirok etishga chorlab qolaman.
O‘ziga xos insonparvarlik namunasi bo‘lgan bu kabi tadbirlar zamirida bemorlar hayotini saqlab qolishdek ulkan va xayrli ish turibdi. Shu bois, unda ishtirok etgan har bir inson mazkur xayrli ishga daxldordir.
Ma’lumot uchun, mazkur aksiya 14-iyun butunjahon donorlar kuniga qadar davom etadi. Bemor bolalar hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shishni istagan 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom fuqarolar bemalol ishtirok etishlari mumkin.
Samarqand davlat univerisiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar