Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi Mehrangiz Mullayeva: “Samarqand davlat universiteti Ulug'bek madrasasining davomchisi”

Tarixdan bizga ma’lumki, Samarqand davlat universiteti Ulug`bek madrasasining davomchisi hisoblanadi. Ulug`bek madrasasiga 1420 yil 21-sentabr kuni asos solingan. Bugungi kunga kelib, ushbu kun Samarqand davlat universiteti kuni sifatida nishonlanmoqda. Samarqand davlat universiteti jahonning 160 dan ortiq oliy ta’lim muassalari bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'ygan. Men, 2017-yili Samarqand davlat universitining inson resurslarini boshqarish fakultetiga davlat granti asosida o'qishga qabul qilindim. Talabalik yillarim davomida chuqur bilim malakalarga ega bo'lgan ustozlarim rahbarligi ostida mutaxassislik va umumiy fanlardan bilimlarni egallagan holda, bir qancha yutuqlarga erishdim. 2020-2021 o'quv yilida Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo’ldim. Joriy yilda ushbu oliy o'quv yurtining magistratura bosqichiga qabul qilindim. Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi qoshida tashkil qilingan “Yosh iqtisodchi” to'garagining faol a’zosi sifatida xalqaro hamda respublika miqyosida o'tkazilayotgan tanlovlar, anjumanlarga o'z ilmiy ishlarim bilan ishtirok etib kelmoqdaman. Men kabi ko’plab yoshlarni o’z bilim va qobiliyatlarini o'stirishda va yuzaga chiqarishda zamin bo'layotgan Samarqand davlat universitetida o'qiyotganimdan va Universitet kunini nishonlash baxtiga musharraf bo'lganimdan faxrlanaman.
Mehrangiz Mullayeva
Samarqand davlat universiteti
Inson resurslarini boshqarish
fakulteti magistranti
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.

