Talabalarga yaponiyalik mutaxassis mahorat darsi o‘tdi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti talabalariga O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi raisi Nargiza Amirova hamda mutaxassis Yunikori Yanakida mahorat darsi o‘tdi.
Talabalarga yangi g‘oya o‘ylash faqatgina ish ustida kelishi, shuning uchun ham talabalar o‘z amaliyotiga sidqidildan yondashi lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, zamonaviy adabiyotlar va dunyo tajribasini o‘rganish, chet tillarini bilish insonda yangi g‘oyalarning shakllanishiga, fikrlash doirasining kengayishiga sabab bo‘lishi ta’kidlandi.
- Samarqand davlat universiteti qadimdan va hozirgi kunda ham o‘zining jozibadorligi, yangiliklarni tezkorlik bilan qabul qilishi bilan ajralib turibdi, - deydi yaponiyalik mutaxassis Yunikori Yanakida. – Universitetingiz yoshlari nihoyatda intiluvchan va iqtidorli. Ayniqsa, ularning xotirasi kuchli. O‘zbekistonning rivojlanishiga katta hissa qo‘shadigan innovatsion g‘oya va fikrlar universitetingiz talabalari tomonidan yaratilishiga ishonaman.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.