Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti magistri Sabina Rustamova zamonaviy rus tili leksikasi o’zgarishining o’rganishi bo’yicha tadqiqot olib bormoqda. Ilmiy rahbari rus filologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi Ra’no Abdullayeva.

    Tadqiqotchining Amerika, Rossiya, Ispaniya, Chexiya, Qozog’iston, Ukraina kabi davlatlarda o’nga yaqin maqolalari nashr etilgan.

    Shuningdek, PISA, TIMSS, PIRLS - xalqaro baholash dasturi bo’yicha Samarqand koordinatori sifatida ham faoliyat ko’rsatadi. Bundan tashqari rus tili bo’yicha “Ilg’or o’qituvchi” nominatsiyasi g’olibi. O’ttizdan ziyod dars ishlanmalari ommalashtirilgan. Rus tili fani bo’yicha xalqaro C1 sertifikatiga ega.

    - PISA, TIMSS, PIRLS - xalqaro baholash dasturi. PISA o’n besh yoshli o’quvchilarni matematika, tabiiy fanlar va o’qish savodxonligi bo’yicha, TIMSS sakkizinchi sinf o’quvchilarini va PIRLS to’rtinchi sinf bolalarini matematik va o’qish savodxonligi bo’yicha baholash dasturi, - deydi Sabina Rustamova. – Ushbu baholash dasturlari o’quvchi yoshlarning bilimini oshirish va zamonaviy, yetuk kadr bo’lib yetishishiga xizmat qiladi. Aynan ushbu tizimni yaxshilash uchun bu dasturlar amalga tatbiq qilinmoqda. Shuningdek, har bir maktabdagi o’qituvchilarni xalqaro baholash dasturlari bo’yicha bilim darajasini ko’tarish uchun maxsus kurslar tashkil qilingan. Har bir kurs rahbari yuqori darajadagi bilim-ko’nikma, boshqaruv qobilyatiga ega, kreativ fikrlaydigan mohir pedagog hisoblanadi…

 

Behruz Shamsiddinov,

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.

Shavkat Akramov olgan suratlar